Toshkent davlat agrar universitetida Texnik-foydalanish va xo‘jalik bo‘limi tashabbusi bilan, bo‘lim boshlig‘i F. Abdullayev rahbarligida Doshqozonda an’anaviy sumalak pishirish tadbiri tashkil etildi. Erta tongdan boshlangan jarayonda Texnik-foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari faol ishtirok etib, bahor kayfiyatini ulashgan holda sumalak pishirish ishlarini hamjihatlikda amalga oshirdilar.
Masalliqlarning belgilangan me’yorlarda solinishi natijasida sumalak sifatli va mazali holatda tayyorlandi. Tadbir bahorga bo‘lgan sog‘inchni ifodalash, milliy an’analarni e’zozlash hamda jamoa jipsligini mustahkamlashga xizmat qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

