logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida kengaytirilgan profilaktik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

view 106

Toshkent davlat agrar universitetida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J.Lapasov, Rektor maslahatchisi O.Navruzov hamda Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor D.Mamadiyorov boshchiligida kengaytirilgan profilaktik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda dekan o‘rinbosarlari, TTJ direksiyasi va mudirlari, tarbiyachi-pedagoglar, tyutorlar, xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i, profilaktika inspektori hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari, „Registrator” talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i, Universitet Yoshlar yetakchisi boshchiligida fakultet yetakchilari ishtirok etishdi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda universitet hududini jinoyatchilikdan xoli qilish, tungi tartibga rioya etish va talabalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bir qator qat’iy vazifalar belgilandi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan barcha mas’ul xodimlarga shaxsiy mas’uliyatni oshirish va belgilangan chora-tadbirlarni ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.