logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Yuksak natija – munosib e’tirof!

view 47

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichi talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovi yakunlariga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universitetining 4 nafar iqtidorli talabalari Beruniy nomidagi davlat stilendiyasi sohiblari safidan joy oldi: Xamrayeva Navròza Zokir qizi Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti talabasi,
Tapkanov Diyorbek Baxtiyor o‘g‘li Qishloq xójaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti, Xojimurodov Sunnatilla Boymurod o‘g‘li Agrokimyo va agrotuproqshunoslik fakulteti talabasi, Xolmirzayev Azizbek Akmaljon o‘g‘li Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti talabasi Ushbu yutuq – talabalarning tinimsiz izlanishi, ilmga bo‘lgan chanqoqligi va universitetimizda yaratilgan sifatli ta’lim muhiti natijasidir. Davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘lish – nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki universitet jamoasi uchun ham katta faxr va mas’uliyatdir.

Universitet rahbariyati nomidan g‘olib talabalarimizni samimiy tabriklaymiz, ularga kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida yanada ulkan marralarni zabt etishlarini tilaymiz !

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.