Ayni raqamli davrda kompyuter savodxonligi qizlarning ta’lim olishi, kasbiy salohiyatini oshirishi va jamiyatda faol ishtirok etishida muhim omil hisoblanadi. Shu bois Toshkent davlat agrar universitetida talaba qizlar o‘rtasida kompyuter savodxonligini oshirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotlar xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F. Ravshanova hamda “Qizlarjon” klubi sardori va “Talaba qizlar” koordinatori F. Raxmatova boshchiligida o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar: kompyuterning asosiy imkoniyatlari, ofis dasturlari bilan samarali ishlash, axborot xavfsizligi, raqamli madaniyat asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Ushbu tashabbus talaba qizlarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

