logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro tajriba almashinuvi davom etmoqda

view 140

Toshkent davlat agrar universitetida Germaniyaning Trier amaliy fanlar universiteti delegatsiyasi bòldi. Delegatsiyaga universitetning Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Dr. Patrick Siegfried boshchilik qildi. Jarayon doirasida nemis professor-o‘qituvchilari TDAU talabalari uchun dars mashg‘ulotlari o‘tkazib, Yevropa ta’lim tizimi, zamonaviy yondashuvlar hamda amaliy bilimlar bilan o‘rtoqlashdilar. Ushbu darslar talabalar uchun xalqaro tajribani bevosita mutaxassislardan o‘rganish imkonini yaratdi. Shuningdek, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash” kafedrasida talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida mahorat darslari hamda ilmiy-amaliy ma’ruzalar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini samarali saqlash va qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qingvv

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.