Toshkent davlat agrar universiteti O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi tashabbusi bilan 7-sonli talabalar turar joyida “Eng yaxshi milliy taom” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir Beshta muhim tashabbus doirasida o‘tkazilib, ustozlarimiz M. Musurmonova va D. Qodirovaning bevosita tashabbusi va rahbarligida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Tanlov davomida talabalar milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etib, ijodkorlik va tashabbuskorlik bilan faol ishtirok etdilar. Tayyorlangan taomlar hakamlar hay’ati tomonidan xolisona baholanib, eng munosib ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.
Tadbirni yuqori saviyada tashkil etgan ustozlarimiz M. Musurmonova va D. Qodirova talabalarga doimiy ko‘mak berib, pazandachilik sirlarini o‘rgatish hamda ularning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida alohida e’tirofga sazovor bo‘ldilar.


