logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Anor — sog‘lik va kuch manbai!

view 28

Anor (Punica granatum L.) qadimdan shifobaxsh meva sifatida xalq tabobatida qadrlanib keladi. U tarkibida ko‘plab vitaminlar (C, B guruhi), antioksidantlar va foydali mikroelementlar mavjud bo‘lib, immunitetni mustahkamlash, qon aylanishini yaxshilash hamda organizmni tozalashga yordam beradi. Anor mevasining donalari yurak-qon tomir tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, qon bosimini me’yorga keltirishga ko‘maklashadi va kamqonlikda foydali hisoblanadi. Shuningdek, anor sharbati organizmni quvvatlantiradi, chanqoqni bosadi va teri holatini yaxshilashda ham foydali.
Anorni yangi holatda iste’mol qilish, sharbat tayyorlash yoki donalarini salatlarga qo‘shish mumkin. Farmatsevtikada esa anor po‘sti va urug‘idan tayyorlangan ekstraktlar ayrim kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Kosmetologiyada anor ekstrakti terini yoshartirish va namlantirish xususiyati bilan qadrlanadi. Anorni me’yorda iste’mol qilish foydali, ammo oshqozon kislotasi yuqori bo‘lgan insonlar hamda allergik holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.