logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Masofaviy ta’lim fakulteti

Masofaviy ta’lim fakulteti zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, talabalarga qulay va moslashuvchan ta’lim muhitini yaratish hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.

Fakultet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy pedagogik usullardan foydalanish, talabalarning mustaqil ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash va nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishdan iborat.

Masofaviy ta’lim shakli talabalarga o‘z bilim va malakalarini oshirish, kasbiy faoliyat bilan birgalikda ta’lim olish hamda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos mutaxassis bo‘lib yetishish imkonini beradi.

Fakultetning asosiy maqsadi raqobatbardosh, bilimli, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan va o‘z kasbiy faoliyatida mustaqil qaror qabul qila oladigan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Yusupov Abdusalim Xolboyevich

Yusupov Abdusalim Xolboyevich

Dekan

Yutuqlar

  • 13
    Kafedralar
  • Professorlar

Fakultet tarixi

2022

Masofaviy ta’lim fakulteti

Masofaviy ta’lim fakulteti universitetda ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim tizimini rivojlantiriş hamda qişloq xöjaligi sohasi uçun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşda muhim örin egallaydi.
Fakultetning şakllanişi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi «Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va keçki (smenali) ta’limni taşkil etiş tartibi töğrisida»gi 930-sonli qarori hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi «Toşkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-3704-sonli qarori asosida amalga oşirildi. Mazkur hujjatlarga muvofiq, universitet rektorining 2018-yil 22-maydagi 1-9-6/334-sonli buyruği bilan Sirtqi ta’lim va masofadan öqitiş bölimi qayta taşkil etildi.
Universitet rektorining 2019-yil 21-fevraldagi 1-9-6/152-sonli buyruğiga asosan, mazkur bölim Sirtqi (maxsus sirtqi) bölimi sifatida qayta taşkil etildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi «Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va taşkiliy boşqaruv mustaqilligini ta’minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-60-sonli qarori, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligining 2022-yil 24-noyabrdagi 299-sonli buyruği hamda universitet rektorining 2022-yil 1-dekabrdagi 1-9-6/380-sonli buyruğiga muvofiq, Sirtqi (masofaviy) ta’lim fakulteti taşkil etildi.
Fakultet faoliyatining asosiy yönalişlari ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş, masofaviy ta’lim imkoniyatlarini rivojlantiriş, elektron ta’lim resurslaridan samarali foydalaniş hamda talabalarga qulay va zamonaviy ta’lim oliş şaroitlarini yaratişdan iborat.
Bugungi kunda Masofaviy ta’lim fakulteti ta’limning zamonaviy şakllarini rivojlantiriş, talabalarning nazariy bilim va amaliy könikmalarini oşiriş, ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda agrar soha uçun raqobatbardoş, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Masofaviy ta’lim fakulteti
1930-yilda Örta Osiyo davlat universitetining qişloq xöjaligi fakulteti negizida Örta Osiyo qişloq xöjaligi instituti taşkil etildi. 1934–1991-yillarda uşbu institut Toşkent qişloq xöjaligi instituti nomi bilan faoliyat yuritdi. 1991-yil aprel oyida institutga Toşkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.