Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 3-fevraldagi 06/26-2-25-sonli chora-tadbirlar dasturi 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. Seminar Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi, Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘limi hamda AgroEkoKlub hamkorligida tashkil etildi. Unda tadqiqotchi yosh xotin-qizlar, professor-o‘qituvchilar va magistrlar ishtirok etdilar. Tadbirni Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi G. Shodmonova ochib berib, ilm-fanda ayollarga yaratilayotgan imkoniyatlar va mas’uliyat haqida so‘z yuritdi. Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Sh.M. Yakubov “PhD sari bir qadam” mavzusida ma’ruza qildi. Professor G.R. Xolmurodova esa ilmiy mavzu tanlash va maqola yozish prinsiplari bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Seminar davomida PhD bosqichiga tayyorgarlik, ilmiy rahbar tanlash, vaqtni boshqarish hamda doimiy o‘rganishning ahamiyati ta’kidlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



