Toshkent davlat agrar universiteti ishchi guruhi tomonidan respublikamizning Jizzax viloyati, Sirdaryo viloyati, Samarqand viloyati, Namangan viloyati, Fargʻona viloyati, Andijon viloyati, Surxandaryo viloyati hamda Toshkent viloyati hududlarida joylashgan “Ustoz” klaster va fermer xo‘jaliklari faoliyatini o‘rganish maqsadida amaliy safar amalga oshirildi.
Tashrif davomida “Yangi agronom” tizimi asosida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, yosh mutaxassislarni fermer xo‘jaliklariga biriktirish, ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda kasbiy ko‘nikma va malakalarini oshirish bo‘yicha yondashuvlar baholandi.
Shuningdek, universitet olimlari va mutaxassislari tomonidan fermerlarga ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi. Joylarda mavjud muammolar, ularning samarali yechimlari hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan ochiq va samarali muloqotlar o‘tkazildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



