2026-yilda qabul qilingan tayanch doktorantlar va doktorantlar uchun Toshkent davlat agrar universiteti Axborot-resurs markazida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Sh.Yakubov hamda Axborot-resurs markazi direktori J.Temirxo'djayev ishtirok etdilar. Tadbir davomida ilmiy izlanuvchilar Axborot-resurs markazida mavjud bo‘lgan 70 dan ortiq ilmiy dissertatsiyalar, ilmiy kitoblar hamda ilmiy-uslubiy manbalar bilan yaqindan tanishtirildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi — yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy izlanishlar sifatini yaxshilash hamda mavjud ilmiy manbalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir yakunida doktorantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatlari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing


