Tadbir yosh tadqiqotchilarni zamonaviy raqamli ilmiy resurslardan samarali foydalanishga yo‘naltirish maqsadida o‘tkazildi. Seminar davomida platformaning asosiy imkoniyatlari — kalit so‘z, muallif va mavzu bo‘yicha qidiruv, nashr yili asosida filtrlash, hujjatlarning to‘liq matni bilan ishlash, bibliografik havolalar shakllantirish hamda shaxsiy kabinet yaratish funksiyalari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, universitet obunasi orqali masofadan foydalanish tartibi tushuntirildi. Amaliy qismda tizim interfeysi namoyish etilib, ro‘yxatdan o‘tish va foydalanish qoidalari izohlandi.
Mazkur seminar doktorantlarning ilmiy izlanishlari uchun zarur adabiyotlarni topish va ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


