logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Javlon Jovliyev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

view 123

Toshkent davlat agrar universitetining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti F. Mamadaliyeva tashabbusi bilan “Renessans” ma’ruza zallari majmuasining A. Navoiy zalida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli adib Javlon Jovliyev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur jarayonni universitet rektori N. Oblomuradov kirish so‘zi bilan ochib berdi va mehmon ijodkorning adabiyot sohasidagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi. Uchrashuv davomida “Oltin qalam”, “Tahsin” hamda “Kelajak bunyodkori” davlat mukofotlari sovrindori bo‘lgan ijodkorning ijod yo‘li, betakror uslubi, chuqur mazmundagi asarlari hamda zamonaviy adabiyot rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan ijodiy kecha talabalarda katta taassurot qoldirdi hamda yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.