Jarayon davomida ilg‘or fermer xo‘jaliklarida Prezidentning 370-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi. Xususan, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etish, paxta va g‘alla yetishtirishda zamonaviy hamda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, hosildorlikni oshirishga qaratilgan amaliy jarayonlar muhokama qilindi. “Yangi agronom tayyorlash tizimi” doirasida talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga bevosita jalb etish hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur hamkorlik agrar sohada raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash hamda qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



