logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Axborot-resurs markazida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayramona tadbir tashkil etildi

view 49

Tadbir davomida markaz rahbariyati tomonidan Axborot-resurs markazida faoliyat olib borayotgan ayol xodimalarning fidokorona mehnati, mas’uliyati hamda jamoa rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Bayram munosabati bilan markazning bir guruh ayol xodimalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Tadbirda markaz rahbari D.Temirxodjayev hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti O.Yuldashev so‘zga chiqib, ayollarni samimiy tabriklab, ularning jamiyat va jamoa hayotidagi muhim o‘rni haqida alohida ta’kidlab o‘tdilar

Shuningdek, 1-kurs talabalari J.Ismoilov va J.Rahmatovalar ham Axborot-resurs markazining ayol xodimalarini samimiy qutlab, o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.