logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

QADRDON DARGOHDA DIYDOR: TDAU-NING 1992-YILGI BITIRUVCHILARI OLIYGOHGA JAM BO‘LISHDI

view 144

Oradan 34 yil o‘tib, Toshkent davlat agrar universitetining 1992-yilgi bitiruvchilari o‘zlari tahsil olgan qadrdon dargohga yana jam bo'lishdi. Sobiq talabalar universitetning bugungi kundagi zamonaviy qiyofasi, o‘quv jarayonlariga joriy etilgan innovatsiyalar va talabalar uchun yaratilgan keng ko‘lamli imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Yillar davomida ro‘y bergan o‘zgarishlar va oliygohning moddiy-texnik bazasi yangilangani mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Bitiruvchilar universitet rektori Narzullo Oblomuradov bilan samimiy suhbat qurdilar. Muloqot davomida oliygohning bugungi yutuqlari, qishloq xo‘jaligi sohasidagi kadrlar tayyorlashning yangi tizimi va kelgusidagi rejalar haqida so‘z bordi. Bitiruvchilar o‘z navbatida o‘zlarining hayot yo‘llari va kasbiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, qadrdon universitetlarining nufuzi yanada yuksalib borayotganidan faxrlanishlarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida barcha ishtirokchilar ushbu unutilmas kunni tarixga muhrlash maqsadida umumiy rasmga tushdilar. Uchrashuvda ustoz va shogirdlik an’analarini davom ettirish hamda avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy ko‘prikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.