Toshkent davlat agrar universitetida talabalar tomonidan ishlab chiqilgan startap va biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning amaliyotga joriy etilishini ta’minlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda universitetning O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan startap loyihalar universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Kamoliddin Sultonov boshchiligida o‘rganib chiqildi. Jarayon davomida talabalar o‘z biznes g‘oyalari, innovatsion ishlanmalari hamda kelajakdagi rejalari haqida batafsil taqdimotlar o‘tkazdilar. Har bir loyiha yuzasidan mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar berildi, loyihalarni takomillashtirish va investitsiya jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv talabalarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni real biznes loyihalarga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

