Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari Ohangaron tumanida tashkil etilgan seminar-treningda faol ishtirok etdi. Mazkur tadbir PQ-103 qarori — “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlashga qaratildi. Seminarda Sabzavotchilik va issiqxona xo‘jaligini tashkil etish kafedrasi professor-o‘qituvchilari — U.Xurramov va F.Bolikulov tomonidan ishtirokchilarga zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, shuningdek, bandlikni ta’minlash va daromadni oshirish imkoniyatlari yuzasidan mazmunli ma’ruzalar taqdim etildi.
Trening davomida xotin-qizlarga amaliy tavsiyalar, ilg‘or agrotexnologiyalar hamda kichik biznesni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olingan ushbu seminar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va ularning bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


