Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov Polshaning WSB akademiyasi Fan va ta’lim bo‘yicha prorektori, professor Katarzyna Szczepańska hamda Xalqaro aloqalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Pavel Urgacz bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi mavjud aloqalarning bugungi holati hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar atroflicha muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida tomonlar dual ta’lim tizimini joriy etish, yangi mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish hamda Scopus bazasidagi nufuzli xalqaro jurnallarda hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishdilar.
Mazkur uchrashuv universitetlararo ilmiy integratsiyani kuchaytirish bilan bir qatorda, talaba va o‘qituvchilar uchun xalqaro tajriba almashishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi.
Ijtimoiy tarmoqlar:




