Amir Temur nafaqat qudratli lashkarboshi, balki adolatli hukmdor sifatida ham tarixda o‘chmas iz qoldirgan. Uning hayoti va faoliyati bugungi yoshlar uchun chinakam ibrat maktabidir. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi tashabbusi bilan har bir fakultetda “Kitobxon talaba” shiori ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu doirada O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni fakultetida ham mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti F. Mamadaliyeva hamda “Qishloq hayoti” gazetasi bosh muharriri Ch.Latipov ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olib, tarixiy merosimiz va kitobxonlikning ahamiyati haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bunday tadbirlar yoshlar tafakkurini boyitib, ularni yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

