logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda talaba-qizlar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik jarayonlari boshlandi

view 14

Toshkent davlat agrar universiteti xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi tashabbusi bilan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ushbu xayrli tadbir reproduktiv yoshdagi ayollar va qizlarga yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tadbirning ilk kunidayoq 70 nafar talaba-qiz malakali mutaxassislar nazoratidan o‘tkazildi. Rejaga ko‘ra, aprel oyi yakuniga qadar jami 800 nafar talaba-qiz va xodimalarni to‘liq qamrab olish ko‘zda tutilgan. Ko‘rik jarayonlariga zamonaviy diagnostika vositalari, jumladan, yuqori aniqlikdagi ultratovush apparatlari (UZI), tezkor tahlillarni amalga oshiruvchi laboratoriya uskunalari hamda EKG apparatlari jalb etilgan.
Talaba-qizlar terapevt, nevropatolog, dermatolog, ginekolog, LOR va okulist kabi tor doiradagi malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tib, o‘z salomatliklari yuzasidan zarur tavsiyalar olishmoqda.

Mazkur tadbir "Sog‘lom avlod uchun" nodavlat xalqaro xayriya fondi hamda Qibray tumani tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.