logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU vakillari Tojikistonda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro forumda ishtirok etdi

view 13

Toshkent davlat agrar universiteti xalqaro akademik muloqotni kengaytirish va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlashda davom etmoqda. Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan do‘stona aloqalar doirasida universitetimiz vakili professor Muhammadali Saidov Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Green. Digital. Smart” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi. Mazkur safar va forum yuqori saviyada tashkil etilib, unda turli davlatlarning elchilari, vazirlari, hukumat a’zolari hamda 50 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari qatnashdi. Jami 370 dan ortiq xorijiy mehmonlarni jamlagan ushbu anjuman nafaqat ilmiy-amaliy muloqot, balki do‘stona aloqalarni mustahkamlash maydoniga aylandi. Safar dasturi doirasida mehmonlar uchun alohida e’tibor ko‘rsatilib, ular Tojikiston yetakchisining tug‘ilib o‘sgan yurti — Dang‘ara tumaniga hamda u yerda tahsil olgan maktabiga tashrif buyurishdi. Bunday samimiy va yuqori darajadagi qabul ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va ma’rifiy aloqalarning naqadar yaqinligini yana bir bor isbotladi.

Forum doirasida erishilgan kelishuvlar va o‘rnatilgan xalqaro aloqalar kelgusida universitetimizning ilmiy salohiyatini oshirish hamda mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.