logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU da Qibray tumanining 25-maktabi bitiruvchilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

view 174

Ushbu tadbirda Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Boshqird davlat agrar universiteti vakillari ham ishtirok etib, bitiruvchi yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordilar. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-135-sonli qarori ijrosini ta’minlash, ya’ni agrar soha uchun yuqori malakali va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish maqsadlariga uyg‘un holda tashkil etildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarni zamonaviy va xalqaro darajada tan olingan qo‘shma ta’lim dasturlari bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashlariga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida Toshkent davlat agrar universiteti hamda hamkor xorijiy oliygoh o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlarining afzalliklari, o‘qish jarayonining o‘ziga xos jihatlari, talabalar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va istiqbollar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, uchrashuv interaktiv ruhda tashkil etilib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq va aniq javob olish imkoniga ega bo‘ldilar. Xususan, qabul jarayonlari, grant va kontrakt asosida o‘qish imkoniyatlari, xorijda ta’lim olish shartlari hamda talabalar almashinuvi dasturlari haqida keng muhokamalar olib borildi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan, o‘z bilim va qiziqishlari bilan ajralib turgan bitiruvchi yoshlar Boshqird davlat agrar universiteti vakillari tomonidan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Ushbu uchrashuv yoshlarning kelajak ta’lim yo‘lini belgilashda muhim qadam bo‘lib, Toshkent davlat agrar universitetining xalqaro hamkorlikdagi salohiyati va imkoniyatlarini yana bir bor namoyon etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.