Bugun Toshkent davlat agrar universitetida agrar soha va san’at uyg‘unligini tarannum etuvchi “Go‘zal Vatan” xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirni universitet rektori, professor Narzullo Oblomuradov ochib berib, ishtirokchilarga ijodiy zafarlar tiladi. Mazkur ijodiy loyiha faqat poytaxt bilan cheklanib qolmasdan, yurtimizning eng ko‘hna va navqiron go‘shalarida davom etadi: Jumladan, Jizzax viloyati: G‘allaorol tumanining so‘lim tabiat qo‘ynida va tarixiy manzillarda plenerlar; Samarqand viloyati: Imom al-Buxoriy majmuasi hamda Shohi Zinda kabi muqaddas qadamjolarda ijodiy jarayonlar; Buxoro viloyati: Mir Arab madrasasi va qadimiy obidalar poyida mahorat darslari. Dastur davomida Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi, Imom al-Buxoriy majmuasi, Ark qal’asi kabi muqaddas va tarixiy maskanlarda ijodiy ishlar olib borilishi rejalashtirilgan. Ushbu plenerlar davomida musavvirlar ona tabiat, qishloq xo‘jaligi jozibasi va tarixiy maskanlarimizni o‘z asarlarida jonlantiradilar. Bu esa yoshlar qalbida milliy ruh va qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Festival yakunida tayyorlangan asarlar ko‘rgazmaga qo‘yilib, auksion hamda taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Ushbu festival san’at orqali Vatan go‘zalligini namoyon etishga xizmat qiluvchi muhim ijodiy loyihalardan biridir.
Ijtimoiy tarmoqlar:



