Toshkent davlat agrar universiteti Agronomiya va agrotexnologiyalar kafedrasi professori N.Xudaybergenov, dotsent U.Sultanov hamda Agrokimyo va tuproqshukafedrasi assistenti M.Tursinbayevlar maktab faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazdilar. O'rganish davomida 7–11-sinflarda tabiiy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy o‘quv laboratoriyalarini tashkil etish va jihozlash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tabiiy fanlar o‘qituvchilari bilan maktabdagi mavjud sharoitlar, muammolar va ularning yechimlari yuzasidan alohida fikr almashildi.
Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodga sifatli bilim berish yo‘lida hamkorlik ishlari izchil davom ettiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


