logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi, tafakkur ziyosi!

view 25

Toshkent davlat agrar universitetida talabalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi. Zooinjeneriya fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti F. Ashurova tashabbusi bilan tashkil etilgan davra suhbatida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash texnologiyasi Tuproq bonitirovkasi va yer degradatsiyasi yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi. Markazda — Xayriddin Sultonov ijodi Tadbirning asosiy qismi atoqli adib Xayriddin Sultonovning “Yaldo kechasi” romani tahliliga bag‘ishlandi. Talabalar asar mutolaasidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, quyidagi jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi: Romanda buyuk adib Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarida boshlangan milliy tafakkur va tarixiy xotira yo‘li badiiy mahorat bilan davom ettirilgan. Uch avlod taqdiri ya’ni Chor va sho‘ro mustamlakachiligi davridagi xalqimiz boshiga tushgan fojialar, ozodlik va ma’rifat yo‘lidagi mashaqqatli kurashlar hayotiy misollar orqali tahlil qilindi. Insoniy kechinmalar asardagi milliy ruh va inson ruhiyatining teran ifodasi yosh kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ushbu uchrashuv yoshlar uchun haqiqiy ma’naviyat darsi bo‘ldi. Mutolaa zavqi va qizg‘in bahslar barchaga unutilmas taassurot bag‘ishladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.