logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Haqiqiy futbol atmosferasi universitetda: TDAUda “FIFA X P Collecting Voices” tadbiri bo‘lib o‘tdi

view 14

Toshkent davlat agrar universitetida Coca-Cola kompaniyasining rasmiy hamkori — “G FORCE” reklama agentligi bilan hamkorlikda yoshlar uchun futbol bayrami tashkil etildi.

Mazkur tadbir talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘tkazilgan bo‘lib, universitet hududini haqiqiy stadion muhitiga aylantirdi. "FIFA X P Collecting Voices" loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu festivalda talabalar nafaqat o‘yinchi, balki haqiqiy futbol ishqibozi sifatida ham o‘zlarini sinab ko‘rishdi.

Tadbir doirasidagi talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan shiddatli bahslar professional sharhlovchilarning jonli sharhlari ostida kechdi. Tadbir maydonida talabalar uchun turli qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi, jumladan, stol futboli, o‘tirgan holdagi futbol va boshqa ko‘plab interaktiv challengelar yoshlarning diqqat markazida bo‘ldi.

Ushbu tadbir talabalar o‘rtasida jamoaviy birdamlikni mustahkamlash va ularda sportga bo‘lgan qiziqishni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.