Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Universitet sport klubi hamkorligida sportning “Kurash” turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasining hududiy bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqa O‘zbekiston jismoniy tarbiya institutida bo‘lib o‘tdi va unda viloyat bosqichi doirasida 11 ta oliy ta’lim muassasasidan kelgan jamoalar o‘zaro bellashdi. 150 nafardan ortiq ishtirokchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi ham ushbu nufuzli musobaqada faol ishtirok etib, 4 nafar talabalardan iborat tarkib bilan maydonga chiqdi. Jamoaga Jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi va murabbiy K.Jumayev rahbarlik qildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, universitetimiz vakillari munosib natijalarni qayd etdi:
M.Raxmonova (O‘simliklar himoyasi va karantini yo‘nalishi, 1-kurs) — og‘ir vazn toifasida 3-o‘rin
A.Sherqulov (Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti, 3-kurs) — 90 kg vazn toifasida 3-o‘rin
Toshkent davlat agrar universiteti jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:


