logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU vakillari xalqaro adabiy anjumanda ishtirok etmoqda

view 53

Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan xalqaro adabiy anjuman doirasida Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etmoqda.
2026-yilning 9–15-may kunlari buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Ozarbayjondan tashrif buyurgan 80 dan ziyod taniqli shoir-yozuvchilar va san’atkorlar turkiy xalqlar ma’naviy merosini o’rganmoqda.
Universitetimizning Zooinjeneriya fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasining bir guruh fidoyi ustozlari — S. Xolmirzayeva, F. Ashurova, M. Muxanova, M. Kasimova, D. Mirzaliyeva hamda R. Alibekovalar ushbu xalqaro muloqot jarayonlarida ishtirok ertdi.
Tadbir davomida Abdulla Oripov uy-muzeyida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy kechaning ochilish marosimi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida "Adabiy doʻstlik – abadiy doʻstlik" shiori ostida mushoira kechasi bo’lib o’tdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.