Mamlakatimizda 2026-yil 18-22-may kunlari “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan Toshkent davlat agrar universitetida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda universitetning Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i I.Baxronov, Toshkent viloyati Qibray tumani FVB boshqarma boshlig‘i M.Yunusov, hamda ishchi-xodimlar va talabalari faol ishtirok etishdi.
Mutaxassislar tomonidan zilzila sodir bo‘lganda talafotlarni kamaytirish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hayotiy muhim qoidalar tushuntirildi.
Universitet Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi hamda FVB xodimlari hamkorligida o‘quv binolari va talabalar turar joylarida evakuatsiya yo‘laklarining doimiy shayligi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari va tibbiy qutichalarning mavjudligi yana bir bor ko‘zdan kechirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


