logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda Qishloq, O‘rmon, Baliq xo‘jaligi ta’lim sohalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi soha kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda

view 43

Mazkur yig'ilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qaroriga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab agrar oliy ta’lim muassasalarida joriy etiladigan uch yillik ta’lim dasturlarining malaka talablari va o‘quv rejalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan.

Yig‘ilishda vazirlik va idoralar, oliy ta’lim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ish beruvchi tashkilotlarning yetakchi mutaxassislari ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar tomonidan yangi ta’lim modelining mazmuni, amaliyot bilan integratsiya darajasi hamda xalqaro tajribalar asosida takomillashtirilgan o‘quv rejalari atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
Uch yillik ta’lim dasturlari ishlab chiqishda mehnat bozori talablari va ish beruvchilar ehtiyojlari asosiy mezon sifatida belgilangan. Shu bilan birga, jahondagi yetakchi agrar oliy ta’lim muassasalari tajribasi chuqur o‘rganilgan:
jumladan, Wageningen University & Research, University of California, Davis, China Agricultural University kabi nufuzli universitetlarning amaliy-ilmiy integratsiyaga asoslangan ta’lim modellari tahlil qilindi. Shuningdek, Humboldt University of Berlin hamda Tokyo University of Agriculture tajribalaridan ham samarali yondashuvlar o‘rganildi.
Yangi o‘quv rejalarida nazariya va amaliyot o‘rtasidagi mutanosiblik quyidagi tartibda belgilandi:
1-kurs — 60% nazariya, 40% amaliyot
2-kurs — 50% nazariya, 50% amaliyot
3-kurs — 30% nazariya, 70% amaliyot
Ushbu yondashuv dual ta’lim tizimi tamoyillariga mos bo‘lib, talabalarni bosqichma-bosqich real ishlab chiqarish jarayonlariga yaqinlashtirishni nazarda tutadi. Natijada bitiruvchilar nafaqat nazariy bilimga ega, balki amaliyotga tayyor, innovatsion fikrlaydigan mutaxassislar sifatida shakllanadi.
Yig‘ilish yakunida savol-javoblar, muhokamalar hamda universitetning ilmiy-amaliy infratuzilmasi bilan tanishuvlar rejalashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.