Olimpiya shaharchasidagi Jamoaviy sport turlari majmuasida ilk bor tashkil etilayotgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli sport tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili, tegishli vazirlik va idoralar, sport tashkilotlari rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sportchi-talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati va talabalari ham faol qatnashdi. Olimpiadada universitetning 8 nafar talabasi sportning yengil atletika (yadro uloqtirish, uzunlikka sakrash, uch hatlab sakrash), basketbol 3x3 va suzish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu olimpiada talaba-yoshlarning sportdagi salohiyatini yuzaga chiqarish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda ommaviy sport harakatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim sport loyihasi hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:









