Toshkent davlat agrar universiteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Abdullayev Alimardon Abdullayevich tomonidan organik mahsulotlarning inson salomatligi, ekologik barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan maqola chop etildi.
✅ Maqolada organik mahsulotlarning kimyoviy qo‘shimchalarsiz yetishtirilishi, yuqori ozuqaviy qiymati, ekologik tozaligi hamda aholi salomatligini mustahkamlashdagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan.
🌍 Muallif organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ekologik muvozanatni saqlash va eksport salohiyatini oshirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlaydi.
♻️ Organik mahsulotlar ishlab chiqarish va iste’molini kengaytirish sog‘lom avlodni tarbiyalash hamda mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
