logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyasi ishlab chiqarish hamda ilmiy muassasalarda o‘tkazilmoqda

view 72

Toshkent davlat agrar universitetida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini amaliyot va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan holda tashkil etish ishlari davom etmoqda.

Mazkur jarayon doirasida O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetining Dorivor o‘simliklar kafedrasi hamda Oʻrmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyasiO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutida bo‘lib o‘tmoqda.

✅Himoyalarni yetakchi ilmiy muassasada tashkil etish bitiruvchilarning ilmiy izlanishlari va amaliy natijalarini soha mutaxassislari hamda ish beruvchilar ishtirokida baholash, ularning kasbiy tayyorgarligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.