Toshkent davlat agrar universitetida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini amaliyot va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan holda tashkil etish ishlari davom etmoqda.
Mazkur jarayon doirasida Mevachilik va uzumchilik kafedrasining “Mevachilik va uzumchilik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda “Mevachilik”, “Uzumchilik va vinochilik” magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyasi Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib o‘tmoqda.
Himoyalarni yetakchi ilmiy muassasada tashkil etish bitiruvchilarning ilmiy izlanishlari va amaliy natijalarini soha mutaxassislari hamda ish beruvchilar ishtirokida baholash, ularning kasbiy tayyorgarligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:






