logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU va Dalian Ocean universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

view 24

Ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Komolitdin Sultonov boshchiligida Dalian Ocean University prezidenti Du Ming bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim kelishuvga erishildi. Tomonlar “Suv bioresurslari va akvakultura” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Memorandumga muvofiq, bakalavriat bosqichida 2+1 modeli, magistratura bosqichida esa 1+1 modeli asosida qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Mazkur dasturlar talabalarga xalqaro standartlar asosida bilim olish, akademik mobillik imkoniyatlaridan foydalanish hamda ikki universitetning ta’lim resurslaridan samarali foydalanish imkonini yaratadi.

Hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro loyihalar hamda akvakultura va suv bioresurslari sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.