logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Yoshlarni oliy ta’limga yo‘naltirish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi

view 11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ–135-sonli qarori ijrosi doirasida Toshkent davlat agrar universiteti O‘simliklarni himoya qilish va karantini kafedrasi professor-o‘qituvchilari — A.T. Xolliyev, R.A. Jumaev, Sh. Esanbaev va A.A. Rustamovlar tomonidan Toshkent viloyati Bo‘ka tumani 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlarni oliy ta'limga yo‘naltirish bo‘yicha ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Bo‘ka tumani hokimi o‘rinbosari O. Djo‘rayev, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati, tuman umumta’lim maktablari direktorlari hamda bitiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbir savol-javob va samimiy muloqot ruhida o‘tdi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga:
universitetdagi ta’lim yo‘nalishlari
yaratilgan imkoniyatlar
xalqaro hamkorliklar
talabalik hayoti
kelajakdagi kasbiy istiqbollar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur uchrashuv o‘quvchilarda oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishni oshirish, hamda kelajak kasbini ongli ravishda tanlashlariga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.