logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ta’lim sifati va ilm-fan integratsiyasi yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda

view 12

Yosh avlodni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, intellektual salohiyatli kadrlar etib tarbiyalash hamda ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Olmaliq tumanida qator uchrashuv va o‘rganish ishlari tashkil etildi. Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida hududdagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Tadbirlarda O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi kafedrasi mudiri S.Avazov, Biotexnologiya kafedrasi mudiri U.Rahmonov hamda professor-o‘qituvchilar D.Hamrayeva va T. Soatov qatnashib, o‘quvchilarga ilm-fan, innovatsiyalar va zamonaviy kasblar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Uchrashuvlar davomida o‘quvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishini oshirish, oliy ta’lim muassasalari bilan maktablar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda yoshlarni kelajak kasblariga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri S.Qodirova, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Begiyev va kotibiyat xodimlari ishtirokida shahardagi 16-sonli umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlarining sifati hamda pedagogik faoliyat samaradorligi tahlil qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.