logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xalqaro hamkorlik doirasida master-klass darsi o‘tkazildi

view 42

Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti “Ipakchilik va tutchilik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun xalqaro ilmiy-amaliy dastur doirasida navbatdagi master-klass darsi tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulotni Xitoy Xalq Respublikasi Janubi-g‘arbiy universiteti Ipakchilik, to‘qimachilik va biomassa kafedrasi professori Chai Chunli olib bordi. Dars davomida talabalarga ipakchilik sohasidagi so‘nggi ilmiy yutuqlar, zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari hamda ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ipakchilik sanoatining rivojlanish tendensiyalari, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

Ushbu master-klass talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ilmiy tafakkurini rivojlantirish hamda xalqaro akademik hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilishi bilan katta qiziqish uyg‘otdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.