Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti dekani A. Qurbonmurodov boshchiligida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Bo‘stonliq tumanidagi Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga qarashli “Vazirlik bog‘i” hududida agrotexnik parvarishlash ishlari amalga oshirildi.
Mavsumdagi anomal issiq havo sharoitida mevali ko‘chatlarni saqlab qolish maqsadida sug‘orish, parvarishlash va agrotexnik tadbirlar belgilangan reja asosida tashkil etildi. Amalga oshirilgan ishlar davomida ko‘chatlarning suvga bo‘lgan ehtiyoji qondirilib, ularning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan zarur agrotexnik tadbirlar bajarildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:






