logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda qo‘shma ta’lim dasturlari talabalarining ilk o‘quv kuniga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

view 41

Toshkent davlat agrar universitetida 2026/2027-o‘quv yilida qo‘shma ta’lim dasturlarining 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar uchun ilk o‘quv kuniga bag‘ishlangan tanishuv uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalar universitetning tarixi, faoliyati, ta’lim imkoniyatlari hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, TDAUning qo‘shma ta’lim dasturlari Xitoy, Polsha, Turkiya, Rossiya, Litva, Vengriya, Gruziya va boshqa davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgani ta'kidlandi. Mazkur dasturlar orqali talabalar O‘zbekiston va xorijiy hamkor universitetlarda tahsil olish, xalqaro ta’lim tajribasini o‘zlashtirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda ikki universitet diplomini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Jumladan, Polshaning WSB University, Xitoyning Northwest A&F University, Turkiyaning Isparta University of Applied Sciences va boshqa xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik yoshlarning xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassislar bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.