logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“ENG YAXSHI TYUTOR” TANLOVI E’LON QILINDI!

view 7

Toshkent davlat agrar universitetida faoliyat yuritayotgan tyutorlar o‘rtasida “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi! Tanlovning asosiy maqsadi — kasbiy mahorati, ilg‘or tajribasi, tashabbuskorligi va ijodkorligi bilan ajralib turadigan tyutorlarni aniqlash, ularning faoliyatini ommalashtirish hamda munosib rag‘batlantirish.
🏅 Tanlov 3 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:
1️⃣ “Eng faol targ‘ibotchi tyutor”
2️⃣ “Eng faol kitobxon tyutor”
3️⃣ “Eng faol tashabbuskor tyutor”
📂 Tanlovda ishtirok etuvchi tyutorlar professional portfolio, nominatsiya bo‘yicha tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, faoliyatiga oid foto va video materiallarni taqdim etishlari lozim. Yig‘ma jildlar 10-oktabrga qadar Toshkent davlat agrar universitetining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar departamentiga olib borilishi so‘raladi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 95 444 41 32
🏆 Universitet bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari diplom, esdalik sovg‘alari hamda belgilangan tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tyutorlik faoliyatingizdagi yutuq va tashabbuslaringizni namoyish eting!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.