O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida XX asr yangi o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi, iste’dodli shoir va ma’rifatparvar Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon xotirasiga bag‘ishlangan “Sarchashma” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Sayyora Xolmirzayeva hamda kafedra o‘qituvchilari Yusuf Boboyev va Dildora Mirzaliyeva ishtirok etdilar. Taqdimot davomida Cho‘lponning boy adabiy merosi, ijodiy faoliyati va milliy adabiyotimiz taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida fikr almashildi. Shuningdek, shoirning shaxs sifatida shakllanishida oilaviy muhit, xususan, otasi Sulaymonqul bazzozning ma’rifiy qarashlari va tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etgani alohida ta’kidlandi. “Sarchashma” kitobi nafaqat Cho‘lpon ijodini, balki uning kamol topishiga zamin yaratgan ma’naviy muhitni, dunyoqarashi va hayot yo‘lini yanada chuqurroq anglash imkonini berishi bilan ham ahamiyatlidir.
Ijtimoiy tarmoqlar:



