Toshkent davlat agrar universiteti O‘quv-tajriba xo‘jaligida Qibray tumanidagi 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida dala kuni tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirildi. Tadbir Toshkent davlat agrar universitetining Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti tomonidan tashkil etilib, o‘quvchilarning qishloq xo‘jaligi sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni agrar kasblar bilan yaqindan tanishtirish hamda nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlashga qaratildi. Dala kuni davomida o‘quvchilar universitetning o‘quv-tajriba xo‘jaligi faoliyati, meva-sabzavotchilik va uzumchilik yo‘nalishlaridagi tajribalar hamda zamonaviy agrotexnologiyalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:










