Bir millatning ruhi — uning tilida, tarixi — so‘zlarida, kelajagi esa ona tiliga bo‘lgan ehtiromida namoyon bo‘ladi.
🟢 Toshkent davlat agrar universitetida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bayram O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining jonli ijrosi bilan boshlandi.
➡️Universitet rektori, professor Narzullo Oblomuradov tadbirni ochib berar ekan, ona tilimizning milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy merosni asrab-avaylash va kelajak avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi beqiyos o‘rniga e’tibor qaratdi.
➡️So‘zga ehtirom, tilga muhabbat va adabiyotga hurmat mujassam bo‘lgan tadbirda senator, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Mizrob Buronov, adabiyotshunos olim Nurboy Jabborov, kinorejissyor, ssenariynavis, teatr va kino aktyori Isamat Ergashev, universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
✅Tadbir davomida o‘zbek tilining ko‘p asrlik tarixi, boy lug‘at xazinasi, badiiy imkoniyatlari va betakror jozibasi xususida fikrlar bildirildi. Bayram sahnasi esa she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar bilan yanada jonlandi. O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova hamda universitetning «Bo‘ston» ashula va raqs ansambli ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.ding
Ijtimoiy tarmoqlar:



