Toshkent davlat agrar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish va ijtimoiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida „Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zoligiga qo‘shilish istagidagi talabalar bilan suhbat o‘tkazildi. Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor T.Atakulov, Oʻquv ishlar boʻyicha prorektori S.Boboyev, Universitet Yoshlar yetakchisi S.Muhammadaminov, Qalqon jamoatchilik guruhi rahbari I.Murodullayev hamda Profilaktika inspektori R.Maxmudovlar Ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar talabalarni jamiyat hayotida faol bo‘lishga, huquqiy savodxonlikni oshirishga va sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga chorlab, ularga iliq tilaklar bildirdilar. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan, tashabbuskor va jamoat ishlarida faol talabalar „Qalqon” jamoatchilik guruhi safiga qabul qilindilar. Toshkent davlat agrar universitetida talabalar faolligi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish bizning doimiy e’tiborimizda.
Ijtimoiy tarmoqlar:









