logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda “Barqaror örmonçilik” VI xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bölib ötadi

view 2

Toşkent davlat agrar universitetida “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida 2026-yil 6–7-noyabr kunlari “Barqaror örmonçilik” VI xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bölib ötadi. Anjuman örmon resurslarini muhofaza qiliş, biologik xilma-xillikni saqlaş, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş hamda örmon xöjaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş masalalariga bağişlanadi. Unda mahalliy va xorijiy olimlar, tadqiqotçilar, mutaxassislar hamda soha vakillari iştirok etişi kutilmoqda.

Anjuman quyidagi ilmiy yönalişlarni qamrab oladi:

- Barqaror örmonçilik va ekologiya;
- Manzarali boğdorçilik va şaharlarni kökalamzorlaştiriş;
- Dorivor ösimliklar va farmatsevtika;
- Örmon kasalliklari va zararkunandalariga qarşi kuraşiş;
- Örmon resurslaridan foydalaniş, ekoturizm va iqtisodiyot;
- Örmon xöjaligida innovatsion texnika va texnologiyalar.

📅 Anjuman sanasi: 2026-yil 6–7-noyabr
📍 Manzil: Toşkent davlat agrar universiteti
🌐 Format: onlayn va oflayn
📌 Maqolalar qabulining sönggi muddati: 2026-yil 30-oktabr.

Anjumanda iştirok etiş uçun maqolalar özbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Qabul qilingan maqolalar “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnalining maxsus sonida naşr etilişi, xalqaro ilmiy bazalarga joylaştirilişi hamda har bir maqolaga alohida DOI raqami berilişi rejalaştirilgan.

📩 Maqola yuboriş va röyxatdan ötiş:

Mahalliy iştirokçilar: Dilnozaxon Asadullayeva, +998 94 774 41 92, Telegram: @sustainable_forestry_2026
Xorijiy mualliflar: dilnoz2119@gmail.com

Barça olimlar, tadqiqotçilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvçilar va soha mutaxassislarini xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda faol iştirok etişga taklif qilamiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.