logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU olimlarining ilmiy maqolasi chop etildi

view 2

TDAU olimlarining ilmiy maqolasi chop etildi
🟢 Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti Sodiqova Gulchexra Sattorovna hamda TDAU doktoranti Suyarov Yashin Abdikaxarovichning navbatdagi ilmiy maqolasi nashr etildi.
🔬 Tadqiqotning ahamiyati:
Maqolada sho‘rlangan sug‘oriladigan yerlarda biocharni qo‘llashning maqbul me’yorlari, tuproqdagi gumus va organik uglerod miqdorini oshirish, pH, EC (elektr o‘tkazuvchanlik) hamda harakatchan azot, fosfor va kaliy ko‘rsatkichlarini yaxshilash masalalari yoritilgan. Ushbu tadqiqot natijalari tuproq unumdorligini saqlash, ekinlar hosildorligini barqarorlashtirish hamda mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
📚 Maqola nomi: Sho‘rlangan tuproqlar unumdorligini oshirishda g‘o‘zapoyadan tayyorlangan biochardan foydalanishning agroekologik ahamiyati
🌐 Jurnal: Agrokimyo, o‘simliklar himoyasi va karantini ilmiy-amaliy jurnali
🔗 Maqolani o‘qish: https://agrokarantin.uz/articles/4597/

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.