Jumladan, Oltiariq tumanidagi Oltiariq Agrostar korxonasida “Rizamat”, “Husayni”, “Kelinbarmoq” va “Qora kishmish” kabi eksportbop uzum navlarini yetishtirish, saqlash va eksport qilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Fermer xo‘jaligiga tuman zaxirasidagi yerlardan 7,1 gektar maydon ajratilgan bo‘lib, 2020-yildan “eksportyor” maqomiga ega. Pishib yetilgan hosil maxsus yashiklarga joylanib, sovutgichli omborlarda me’yoriy haroratgacha sovutiladi va Qozog‘iston hamda Rossiyadagi hamkorlarga yetkazib berilmoqda. Shuningdek, NIRT-FRUIT MCHJda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va logistika markazi faoliyati bilan tanishildi. Zamonaviy sovutgichli omborlar va samarali logistika tizimi mahsulot sifatini saqlash hamda eksport hajmini oshirishga xizmat qilmoqda. Xayrullo Baxrom Boymatov fermer xo‘jaligida esa uzumchilik bog‘lari, sovutgichli omborlar va amaliy ishlanmalar ko‘zdan kechirildi.
Jarayon davomida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, eksportbop mahsulotlar hajmini oshirish hamda talabalar amaliyotini ilg‘or xo‘jaliklarda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



