logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

view 210

Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari M. Nuritdinova hamda M. Qosimova tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tasarrufidagi Adabiyot muzeyida 25-17 guruh talabalari hamda “Adabiy portret” va “Начальное обучение русского языка” to‘garak a’zolari hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning boy adabiy merosi, uning o‘zbek adabiyoti va milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni keng yoritildi. Shuningdek, ishtirokchilar muzey fondida saqlanayotgan Navoiy hayoti va ijodiga oid nodir qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar hamda eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.